166 21/08/2024

Odatda internet tarmog‘ida Moskvaning Migratsiya markazida odam ko‘pligi haqidagi videolar tarqalar edi. “Saxarovo”da joylashgan ko‘p funksiyali migratsiya markazi Moskva va Moskva viloyatida muhojirlar ishlash uchun patent olish mumkin bo‘lgan yagona markaz hisoblanadi. Moskva va Moskva oblasti an’anaviy ravishda migrantlar eng ko‘p ishlashga keladigan mintaqa sanaladi.

Biroq so‘nggi paytlarda muhojirlar MMSga patent rasmiylashtirish uchun keladiganlar kamaygani, deyarli yo‘qligini yoza boshladi. “Zarnigorbegim” telegram kanalida keltirilgan videoda muhojirlardan biri o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, “Saxarovo”da navbatlar yo‘qligi va markazning deyarli bo‘sh ekanligini ko‘rsatgan. “Odamlar, nima bo‘lyapti, nega hech kim yo‘q?” deydi video muallifi.

Reydlar, tekshiruvlar, inson huquqlari va erkinliklarining qo‘pol buzilishi, migrantlarga bo‘lgan yomon munosabat, migrantofobiya va o‘sib borayotgan nafrat o‘z samarasini berayotganga o‘xshaydi. Migrantlar Rossiyadan ketmoqda va qaytib kelmayapti.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya