Migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar Rossiyada sodir etilgan huquqbuzarliklar umumiy sonining 4 foizini tashkil qiladi. Bu haqda Federatsiya kengashida ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Kolokolsev ma’lum qilgan.
“Jinoyatga kelsak, bu ko‘rsatkich unchalik yuqori emas. Chet elliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar jami 4 foizni tashkil etadi”, — degan Kolokolsev.
Shu bilan birga, Ichki ishlar vazirligi rahbari asossiz repressiyalarga yo‘l qo‘ymaslik va migrantlarga nisbatan qattiq choralar ko‘rmaslikka chaqirdi. Shunga qaramay, Kolokolsev tan olishicha, muhojirlar tomonidan sodir etilgan shov-shuvli jinoyatlar jamiyatda noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.
Avvalroq Sankt-Peterburgda muhojirlar poraxo‘rlik ishi bo‘yicha tintuvlardan so‘ng ommaviy ravishda qo‘lga olingan edi.