
Huquqshunos Aleksandr Xaminskiy “Gazeta.Ru”ga bergan intervyusida migrant bir yil ichida ikkita ma’muriy qoidabuzarlik uchun ham Rossiyadan deportatsiya qilinishi va besh yilgacha mamlakatga kirishi taqiqlanishi mumkinligini aytadi. Bu Rossiyada bo‘lish qoidalariga ham, yo‘l harakati qoidalarini buzishga ham tegishli.
Huquqshunosning aytishicha, 2024-yilda jinoiy javobgarlikka tortilganlarni majburiy deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Davlat Dumasiga kiritilgan, ammo u hali qabul qilinmagan. Shu bilan birga, Rossiyada barcha migrantlar umumiy asosda jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Xaminskiyning so‘zlariga ko‘ra, 1-sentyabrdan kuchga kirgan migratsiya qonunchiligidagi o‘zgarishlar asosan iqtisodiyot bilan bog‘liq. Davlat migratsiya siyosatini qattiqlashtirmaslik uchun emas, byudjetni to‘ldirish uchun yig‘imlar miqdorini oshirgan.