Мақола

93 21/03/2024

Rossiya ichki ishlar vazirligi birinchi marta Rossiya qurolli kuchlari haqida “yolg‘on ma’lumot tarqatganlik” ayblovi bilan Rossiya fuqaroligini bekor qildi.

Rossiya Qurolli kuchlari haqida qasddan “yolg‘on ma’lumot tarqatganlik”da ayblanib, Jinoyat kodeksining 207.3 moddasi bo‘yicha 6 yilga qamalgan Aleksandr Smornyakovning Rossiya fuqaroligi bekor qilindi, deb yozadi “Politzek-info” telegram kanali.

Avval Moldova fuqarosi bo‘lgan Aleksandr Smornyakov keyinroq Rossiya fuqaroligini olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Ukrainadagi urushi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblangan Aleksandr 2023-yil iyul oyida 6 yilga qamalgan edi.

Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga 2023-yil 26-oktyabrda kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Rossiya fuqaroligi bekor qilinishi ko‘zda tutilgan jinoyatlar orasida Rossiya JKsining 207.3 moddasidagi jinoyatlar ham bor.

“Politzek-Info” telegram kanali bu Rossiya Qurolli kuchlari haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun fuqarolik bekor qilingan  birinchi holat ekanini ta’kidlagan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация