Maqola

210 04/07/2024

2024-yil iyun oyida Yaroslavlda to‘rt nafar firibgar qo‘lga olingan. Ular Nijniy Novgoroddan 37 dona bank kartasi bilan qaytayotgan bo‘lgan. Surishtiruv chog‘ida Markazıy Osiyolik fuqarolar bankka qalbaki hujjatlarni taqdim etib, bank kartalarini rasmiylashtirgani aniq bo‘ldi.

Muhojirlar ushbu kartalardan jinoiy maqsadlarda foydalanishni nıyat qilgan va kartalarni nomaʼlum shaxslarga yetkazmoqchı bo‘lishgan.

Shuningdek, qo‘lga olinganlarning barchasi Rossiyada noqonuniy ravishda bo‘lganligi aniqlangan. Shu sababdan muhojirlarga nisbatan jinoiy ishdan tashqari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g’risida ham javobgarlik qo‘shilgan.

Hozir politsiya migrantlar tomonidan jinoiy faoliyatning qo‘shimcha holatlarini aniqlamoqda. Ularga soxta hujjatlar tayyorlashda yordam bergan shaxslar qidirilmoqda. Bu juda yaxshi yangilik.

Chunki oxirgi vaqtlarda bank kartasini birovga bergan yoki sotgan muhojirlar ularning kartalaridan sodir etilgan noqonuniy moliyaviy o‘tkazmalar uchun javobgarlikka tortilayotgani kuzatilayotgan edi.

Sxema quyidagicha. Noma’lum shaxslar migrantlarning bank kartasini sotib olishi haqida guruhlarda reklamalar beradi. Kartani nega xarid qilayotganliklarini esa o‘zlarining kartalari bloklab qo‘yilgani bilan izohlashadi. Natijada va’da qilingan pulga ishongan muhojirlar ham yordam, ham daromad qilaman deb o‘ylab bank kartasini sotadi. Keyinroq esa o‘zi bexabar jinoyatchiga aylanib qoladi.

Masalan, noma’lum shaxslar muhojirning kartasidan taqiqlangan tashkilotlarga pul o‘tkazishi, o‘g’irlangan pullarni kartaga tashlashi mumkin. Oqibatda ushbu noqonuniy harakatlar uchun kartaning egasi javob beradi. Shuning uchun, nima bo‘lganda ham kartangizni hech kimga bermang, agar kartangizni yo’qotib qo’ysangiz, darhol bankka xabar bering. Firibgarlarga ishonmang.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya