Maqola

255 11/07/2024

«Мигрант сервис» platformasi rahbari Andrey Kladov Iyun oyida migrant kuryerlarning maoshi 23 foizga oshdi, bu ko‘rsatkich bilan ular IT-mutaxassislarining o’rtacha daromadiga yetib olganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilning dekabr oyida migrant kuryerlarning maksimal maoshi 120 ming rublga yetgan bo‘lsa, so‘nggi olti oyda ularning maoshi 155 ming rublga yetgan. Bu esa boshlang‘ich va o‘rta lavozimdagi IT-mutaxassislarining maoshi bilan bir xildir. Kuryerlar maoshining o’sishi ishchi xodimlarning yetishmasligi bilan bog’liq, bu esa kompaniyalarni yuqori daromad evaziga xodimlarni ishga jalb qilishiga sabab bo’lmoqda, deydi Andrey Kladov.

Bunday xabarlarga muhojir kuryerlarning o‘zlari bildiradigan fikrlar juda qiziq. Nima deb o’ylaysiz, bu xabarga ishonishimiz kerakmi yoki yo’qmi?

Ushbu postni yuqori daromadga erishish uchun IT mutaxassisi bo’lishni istaganlarga yuborishni unutmang.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya