Maqola

226 11/07/2024

Moskva oblastidagi taksoparklarning birida haydovchi sifatida ishlashga kelgan migrantlar yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha sinov katta janjal bilan tugadi. SHOT telegram kanali muhojirlar eng oddiy test natijalarini ham bilmasligini namoyish qiluvchi kadrlar bilan bo’lishgan. Sinovdan keyin barcha muhojirlar ishga olinmay, qaytarib yuborilgani aytilmoqda.

Migrantlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha sinov natijalari hammani shokka soldi. Bo’lajak taksichilarning javoblari haydovchilikka kelgan muhojirlar xavfsiz mashina haydash uchun zarur bo’lgan asosiy qoidalar va tushunchalar haqida deyarli hech qanday ma’lumotga ega emasligini ko’rsatgan.

Sinovda qatnashgan muhojirlarning javoblari yo’l harakati qoidalaridan tashqari rus tilida muloqot qiyinchiliklari borligini ham ko’rsatgan.

Mazkur holat internet va jamoatchilikning taksi xizmatidagi haydovchilarga nisbatan ishonchsizlikni yanada oshirgan.

Taksi haydovchilari zimmasiga yo’lovchilar va boshqa yo’l harakati qatnashchilarining hayoti va sog’lig’i uchun katta mas’uliyat yuklaydi. Yo’l harakati qoidalarini yetarli darajada bilmaslik jiddiy oqibatlarga, jumladan, baxtsiz hodisalar va jarohatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun barcha muhojirlarga o’z ko’nikmalari va bilimlaridan kelib chiqib kasb tanlashlarini tavsiya qilamiz. Qoidalarni o’qish va o’rganish uchun hech qachon kech emas.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya