Maqola

153 10/07/2024

Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish va deportatsiya qilish holatlari ko’payishi munosabati bilan Rossiya Ichki ishlar vazirligi chet el fuqarolarini migratsiya qonunchiligiga qat’iy rioya qilish va quyidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga chaqiradi:

❌ barmoq izini ro‘yxatdan o‘tkazish (daktiloskopiya) va suratga olishdan o‘tmaslik;

❌ xavfli kasalliklar mavjudligi va giyohvand moddalari bo‘yicha har yili tibbiy ko’rikdan o’tmaslik;

❌ migratsiya qaydida turmaslik (регистрация) va haqiqatdan yashab turgan manzilda migratsiya ro‘yxatidan o‘tmaslik;

❌ migratsiya bo‘limlariga mehnat faoliyatining to‘g‘risida bildirishnoma (уведомление) taqdim etmaslik;

❌ yashash va ishlash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun “МВД” bo‘limlariga o‘z vaqtida murojaat qilmaslik.

Chet el fuqarolarini Rossiyadan chiqarib yuborish (выдворение), deportatsiya qilish, Rossiyada bo‘lish muddatini qisqartirish va ruxsatnomalarni bekor qilish kabi oqibatlarning oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

🔺hujjatlarni uchinchi shaxslardan va vositachilardan xarid qilmang;

🔺uy-joy egalari bilan yozma ijara shartnomalari tuzing va yashash joyi toʻgʻrisida mustaqil ravishda bildirishnoma (регистрация) yuboring;

🔺Rossiya Ichki ishlar vazirligining “Pasport-viza xizmati” Federal davlat unitar korxonasi migratsiya bo‘limlari va filiallarida hujjatlarni rasmiylashtiring va maslahat oling;

🔺belgilangan qonunchilik tartibiga rioya qiling, jamoat xavfsizligiga tahdid solmang va Rossiya xalqlarining madaniy an’analarini hurmat qiling.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya