208 11/07/2024

Migrant migrantligicha qoladi. Hatto u Rossiya fuqaroligini olsa ham.

Artyom shahridagi avtoturargohda yuz bergan mojaro vaqtida rossiyaliklarni “millatchi” deb aytgan asli o‘zbekistonlik RF fuqarosi qo‘lga olindi.

Voqea nimadan chiqqani, asli kim aybdorligi, janjalni kim boshlagani noma’lum. Fakt shuki, videoda o‘zbekistonlik muhojirning yomon so‘zlarni aytayotgani aks etgan, xolos. Biz bu yigit oppoq, aybsiz demoqchi emasmiz. Biroq “qars ikki qo‘ldan chiqadi” degan gap bor.

Rossiyaliklarning migrantlarga bo‘lgan nafrati, millatchiligi ham bor gap. 2024-yil 8-iyul kuni Frunze ko‘chasidagi uylardan birining yonida sodir bo‘lgan janjalning asosiy aybdori etib o‘zbekistonlik migrant belgilandi.

Tergov bo‘limi (СK) ma’lumotlariga ko‘ra, migrantga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282-moddasi (nafrat yoki adovat qo‘zg‘atish, inson qadr-qimmatini kamsitish) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Hozirda u qo‘lga olingan va uni hibsda saqlash masalasi hal qilinmoqda.

Shuningdek, uning Rossiya fuqaroligini olgani qonuniyligi ham tekshirilmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya