Maqola

213 12/07/2024

«Справедливая Россия – За Правду» partiyasi rahbari Sergey Mironovning aytishicha, migratsiya sohasidagi politsiyachilarning korruptsiyasini hisobga olib Ichki ishlar vazirligan mustaqil ishlaydigan yangi Migratsiya xizmatini tashkil etish kerak. Uning fikricha bir-biridan mustaqil bo’lgan turli tuzilmalar migratsiya siyosatini olib borishi va amalga oshirilishini nazorat qilishi samarali yechimdir.

Parlament a’zosi noqonuniy migratsiya va bu boradagi jinoyatlar ko‘payib borayotganining sabablaridan biri ishga ruxsatnoma berish va fuqarolikni olishga mas’ul bo‘lgan xodimlar o‘rtasidagi korruptsiya ekanligini ta’kidlagan.

Mironovning taklifini “Ветеранские вести” media xoldingi prezidenti, Davlat Dumasining Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi eksperti, «Справедливая Россия – За правду» partiyasi markaziy kengashi a’zosi Vyacheslav Kalinin qo‘llab-quvvatlab:

“Mavjud ish tartibini, ya’ni kurrusiya borligini tan olish vaqti keldi! Migratsiya siyosati inqirozini bartaraf etish uchun davlat tomonidan bu yo’nalishda samarali progressiv qadamlar zarur. Huquqiy bazani to‘liq qayta ishlash va migratsiya nazorati sohasida idoraviy o‘zgarishlarni amalga oshirish kerak”, degan.

Parlament a’zolari “ФМС” bo‘lgan vaqtlarni qumsaganga o‘xshaydi. Sizga-chi, qaysi paytlar yaxshi edi – “ФМС” bo‘lgan paytlarmi yoki hozir «МВД» bo‘lganimi?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya