172 14/07/2024

1- iyul kuni soat 22:00 ga yaqin Sankt-Peterburgning Komendant prospektida otishma ro’y berdi. Bir guruh qora va kamuflyaj kiygan erkaklar to’pponcha va avtomat bilan qurollanib, raqiblariga hamda havoga bir necha marta o’q uzgan. Undan so’ng voqea joyidan qochib ketishgan.

Voqeadan bir oz vaqt o’tib Ichki ishlar boshqarmasi, politsiya hodimlari otishma uyushtirgan uch kishini hibsga olgani haqida xabar berdi.

Gumonlanuvchilar haydab ketayotgan oq mashina voqea joyi yaqinidagi yo’lda to’xtatilgan. Hibsga olinganlar asfaltga yuzi bilan yotqizilib, politsiya mashinasiga o’tkazilgan.

Ular 1990, 1995 va 2000-yillarda tug’ilgan muhojirlar ekani, otishmaga aloqadorligini tekshirish uchun politsiya bo’limiga olib ketilgani haqida Sankt-Peterburg politsiyasining matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Voqeadan jabrlanganlar haqida hech qanday ma’lumot mavjud emas. Otishmaning qolgan ishtirokchilari qidirilmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya