Maqola

218 17/07/2024

Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun rasman 60 kungacha vizasiz rejimni joriy qildi.

“Dunyo” axborot agentligining xabariga ko‘ra, joriy yilning 15-iyul kunidan e’tiboran Tailand hukumati O’zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi.

Yangi tartib barcha chegara postlari orqali Tailandga tashrif buyuruvchi o‘zbekistonliklar uchun amal qiladi. Jumladan, Rossiya yoki Qozog‘istonda ishlayotgan o‘zbekistonliklar ham endi bo‘lib turgan mamlakatlaridan Tailandga 60 kungacha borib-kelishlari mumkin. Bu esa “kirdi-chiqdi” va dam olish uchun yana bir davlat qo‘shildi, degani.

O‘z navbatida, mazkur tartib Tailand hukumati tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida bir tomonlama joriy etildi va ma‘lum muddatdan so‘ng bekor qilinishi ham mumkinligi haqida xabar berilgan.

Tailand TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan hukumatlararo kelishuvlar yuzasidan muzokaralar davom etmoqda.

15-iyulga qadar O‘zbekiston fuqarolari Tailand aeroportiga kelganlarida 60 AQSh dollari evaziga 15 kunlik turistik viza olishar edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya