Maqola

213 17/07/2024

Ukrainadagi urush tufayli kuchayib borayotgan ishchi kuchi tanqisligi va Markaziy Osiyoliklanring deportatsiya fonida rus kompaniyalari Afrika mamlakatlarida ishchilarni ommaviy ravishda izlay boshladi. 2024-yilning birinchi yarmida “qora qit’a” vakillari uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni o‘n baravarga oshdi, deb yozadi “РБК” hh.ru rekruting xizmati ma’lumotlariga tayanib.

Rossiya kompaniyalari tomonidan bo’sh ish o’rinlari soni eng ko’p Keniyadada o’sdi – 39 martaga (2023-yilning birinchi yarmidagi 161 ta bo’sh ish o’rinlari berilgandi, 2024-yilning birinchi yarmida esa 6,4 ming bo’sh ish o’rinlari berilgan). Zimbabveda bu ko‘rsatkich 15 barobarga (165 taga), Kamerunda 9 barobarga (130 taga), Zambiyada esa 8 barobarga (224 taga) oshdi. Bundan tashqari, Aljirdagilar uchun Rossiya kompaniyalari tomonidan bo’sh ish o’rinlari sonining keskin o’sishi qayd etilgan (1,7 mingtagacha).

Xorijiy ishchilar uchun taklif qishloq xo‘jaligi va xomashyo qazib olish, qurilish sohasi xodimlari uchun berilmoqda.

“Bu yil migrantlarni qurilish ishchilari kabi past malakali lavozimlarga jalb qilish Markaziy Osiyo fuqarolari bilan birga Afrika mamlakatlari fuqarolari uchun odatiy holga aylandi”, – deydi hh.ru ning mehnat bozori bosh eksperti Natalya Danina.

Rossiyaga kirgan afrikalik ishchilar soni yil sayin ortib bormoqda, deydi “ВШЭ” ning Afrika tadqiqotlari markazi eksperti Vsevolod Sviridov.

“Afrikalik mehnat muhojirlari mehnat bozorida mutlaqo boshqa o’rinlarni egallaydi: ba’zilari aslida juda past malakali kasblarda ishlaydi, masalan, qurilishda, omborlarda, qishloq xo’jaligida, boshqalari esa yirik Rossiya kompaniyalarida yuqori boshqaruv lavozimlarini egallaydi”, deydi Sviridov.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya