Maqola

230 19/07/2024

Samara oblastida muhojirlar deputat Mixail Matveyevni urib, boshini yordi. Tergov qo‘mitasi bezorilik aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Hodisa ishtirokchilari shaxsi aniqlangan.

Deputat Matveyevning iddaosicha, u yo‘lda ketayotib, o‘tgan-ketganga tegayotgan muhojirlarni ko‘rgan. Natijada ularni to‘xtatib, odamlarga tegmaslikni tushuntirmoqchi bo‘lgan. Biroq mashinadan tushib, deputatlik guvohnomasini ko‘rsatishi bilan boshiga zarba kelib tushgan.

Deputat so‘zlarining isboti tariqasida video taqdim qilgan. Biroq ko‘rsatilgan videoda o‘tgan-ketganlarga zo‘ravonlik qilayotgan muhojirlarning emas, aksincha, muhojirlarni kaltaklayotgan  Matveyevning odamlarini ko‘rish mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, deputatning odamlari kaltaklagan migrantlar o‘zbekistonlik ekan. Matveyevning o‘zi ularning hujjatlarini ko‘rsatgan. Noodatiy voqeaning odatiy yakuniga ko‘ra, deputat migratsiya qonunchiligini kuchaytirishni talab qilgan. Kuchaytirish deganda deputat aynan nimani nazarda tutgani ma’lum emas.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya