Maqola

219 19/07/2024

Videoda nazoratchilar ayoldan hujjat so‘rayotgani, kuryer ayol esa hujjatlarni ko‘rsatishdan bosh tortayotgani aks etgan. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat iyun oyining oxirida Moskvaning 699- raqamli avtobusida ro‘y bergan.

Nazoratchilar kundalik tekshiruv vaqtida avtobusda chipta xarid qilmay ketayotgan yo‘lovchilarni uchratgan. Ularning bir nechtasi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Nazoratchilar tekshirish uchun avtobusga chiqqanidan keyin kuryer ayol validatorga chiptani qo‘ygan.

Biroq nazoratchilar ular avtobusga kirguniga qadar kuryer-yo‘lovchi yo‘lkira pulini to‘lamaganida ayblab, bayonnoma tuzish uchun pasport talab qilgan.

Nazoratchilarning hujjat ko‘rsatish talabiga bo‘ysunmagan ayolga ruhiy bosim o‘tkazilgan. Yaqinlashayotgan bekatda avtobusdan chiqishni xohlagan muhojir-ayolga kuch ishlatib, eshikdan ortga surishgan. Muhojir ayol ketish niyatida ekanini tushungan nazoratchilar, politsiya chaqirishgan.

Voqeada ayolning chipta xarid qilmagani, nazoratchilar esa bosim o‘tkazgani mutlaqo noqonuniy holatdir. Balki shuning uchun ham kuryer-ayol pasportini ko‘rsatishdan bosh tortgandir.

Noma’lum sabablarga ko‘ra, muhojirlar orasida jamoat transportiga chiqqanda validatorga karta qo‘ymaslik, ya’ni bu bilan yo‘l haqini to‘lamaslik juda keng urf bo‘lgan.

Yo‘l haqi qimmat bo‘lmasa-da negadir muhojirlar avtobus pulini to‘lamaydi. Pul to‘lash o‘rniga nazoratchi bilan mushtlashib ketgan, kaltaklagan, bahsga kirishgan muhojirlarning, hattoki videolari ham internetda juda ko‘p tarqagan.

Jamoat transportida chiptasiz yurish huquqbuzarlik sanaladi. Transport kartasini soxtalashtirish esa jinoyat. Chiptasiz yurganlik uchun huquqbuzarlik haqida bayonnoma (protokol) tuzilib, ma’muriy jarimaga tortilasiz. Ikki jarima uchun esa Rossiyaga kelish uchun taqiq olish mumkin.

Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 10.1 va 10.9-moddalariga binoan jamoat transportida chiptasiz yoki bagajga to‘lamay yurgan kishi jarimaga tortiladi.

Jarima puli majburiy ravishda davlat tomonidan undirib olinadi. Majburiy undirib olish tez bo‘lmaydi. Masalan, fevral oyida to‘lanmagan yo‘l haqqi uchun qo‘yilgan jarima puli may-iyun oylarida undiriladi. Undirish davomida bank kartalari bloklanib qoladi, Rossiyadan chiqish esa taqiqlanadi. Shuning uchun muhojirlarga jamoat tartibini buzmaslikni, ijtimoiy mas’uliyatni his qilishni va Rossiyaga kelish uchun taqiqqa tushishning oldini olishni qat’iy tavsiya qilamiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya