Maqola

207 22/07/2024

Rossiyaning Leningrad viloyati Kingisepp tumanidagi avtobusda pichoqlangan 32 yoshli o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi.

Hodisa Pulkovo qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Ikki erkak avtobusda mushtlashgan. Ulardan biri ikkinchisining (O‘zbekiston fuqarosi) yuragiga pichoq sanchgan. Oqibatda o‘zbekistonlik erkak olgan jarohatidan vafot etgan.

19-iyul kuni ertalab politsiya xodimlari avtobus salonida pichoqbozlik bo‘lganidan xabar topgan. Bir necha soatdan so‘ng Kuzemkino qishlog‘ida jinoyatda ayblangan erkak qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, u ham o‘zbekistonlik bo‘lib yanvar oyida Sankt-Peterburgga kelgan, migratsiya qaydidan o‘tgan va shu yerda ishlashni rejalashtirgan.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hibsga olingan shaxs so‘roq qilinib, tergov izolyatoriga jo‘natilgan. Hodisaning qolgan tafsilotlari aniqlanmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya