Maqola

243 05/07/2024

Voronej oblastida politsiya xodimlari muhojirlar bilan noqonuniy kelishuvga erishgani aniqlandi, deb yozmoqda “Baza” telegram kanali.

Chet elliklardan biri – 52 yoshli Rahimjon hamyurtlarini politsiyachilarning yozgi dala hovlilariga tekinga ishga jo‘natganini, buning evaziga politsiya xodimlari migrantlarning hujjatsiz yurishiga e’tiborsiz bo‘lganini aytib bergan.

24-iyun kuni Rahimjonga nisbatan noqonuniy migratsiyani tashkil qilganlik aybi bilan jinoiy ish ochilgan. So‘roq paytida Rahimjon 2024-yil mart oyi o‘rtalaridan boshlab o‘zbekistonlik hamyurtlarining Rossiyada oʻrnashishiga yordam berib kelayotganini tan olgan.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, u mahalliy politsiya xodimlari bilan kelishib ishlagan: u muhojirlarni tekinga ishlashga jo‘natgan va politsiyachilar esa o‘z navbatida muhojirlarning qonunchilikka rioya qilmagan holatlarika koʻz yumgan.

Bu uch oy davomida davom etgan. Rossiyada bunday sxemalar bilan ishlayotgan politsiyachilar va oʻrtakashlar juda koʻp. Bu eng eski va eng koʻp uchraydigan usul sanaladi.

Rossiyadagi mas’ullar bunday hollarning sababchilari huquq-tartibot organlaridagi ayrim xodimlar ekanini kech tushunishni boshlashdi.

Xabarda yozilishicha, noqonuniy muhojirlarning mehnatidan foydalangan politsiyachilar ham Rahimjon kabi jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya