Maqola

135 22/07/2024

Moskvada avtomobillarga xizmat koʻrsatish markazi hududida xorijlik 4,5 kg geroin bilan qoʻlga olindi, deb xabar qildi IIV.

Hududni ko‘zdan kechirish chog‘ida chet el fuqarosining avtomobilidan 4,5 kilo noma’lum moddalar topilgan. Tekshiruvga ko’ra ular giyohvandlik moddalari bo’lgan. Bundan tashqari, politsiyachilar avtoservis atrofini o’rganish chog’ida miltiq va o’qlarni topgan. Holat boʻyicha Rossiya Jinoyat kodeksining 228-, 30- , 228.1- va 222-moddalari boʻyicha jinoyat ishlari ochilgani xabar berildi.

Biroq voqeaning boshqa tafsilotiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Tekshuruv davomida politsiya hodimlari avtoservis hududida ishlaydigan 12 nafar muhojirni ham qoʻlga olgan va ularning barchasini Rossiya Ma’muriy Kodeksining 18.8-moddasi (chet el fuqarosi tomonidan Rossiyaga kirish va bo’lish qoidalarini buzish) bilan deportatsiya qilgan. Muhojirlarning mazkur vaziyatdagi aybi aynan nimada ekaniga aniqlik kiritilmagan. Xulosa qilish mumkinki, endi muhojirlar nafaqat qonunga rioya qilishlari kerak, balki atroflarida jinoyat va huquqbuzarliklar boʻlayotganiga ham e’tiborli boʻlishlari kerak. Koʻrinib turibdiki, endi muhojirlarni ularga yaqin joyda jinoyat roʻy bergani uchun ham deportatsiya qilishmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya