Maqola

141 23/07/2024

Oilasi bilan Rossiya Federatsiyasiga kelmoqchi boʻlgan migrantlar farzandlariga oʻzini tutish madaniyati va tengdoshlari bilan muloqot qilishi uchun rus tilini oldindan oʻrgatishi kerak, deydi “Рособрнадзор” rahbari Anzor Muzayev.

Yaqinda Davlat Dumasiga LDPR deputatlari tomonidan  muhojirlarning farzandlarini Rossiya maktablariga rus tilidan imtihonsiz qabul qilmaslik boʻyicha qonun loyihasi kiritilgan edi.

“Agar siz hayotingizni Rossiya bilan bog’lasangiz, uning fuqarosi bo’lishni xohlasangiz, farzandlaringiz bu yerda ta’lim olishini xohlasangiz, rus tilini bilmasdan qanday qilib bularga erishmoqchisiz? Agar oila koʻchib kelish, bu yerda yashash va maktabda bolalarini oʻqitishga qaror qilgan boʻlsa, albatta oldindan, uzoq muddat davomida bolaga rus tilini oʻrgatishi kerak”, — degan Muzayev.

“Рособрнадзор” rahbarining so‘zlariga ko‘ra, muhojirning farzandi mamlakatning madaniy kodini tushunish va tengdoshlari bilan muloqot qilishi uchun rus tilini bilishi kerak. “Til – bu madaniy va xulq-atvor kodeksi… Shunday ekan, agar bola rus tilida dars beradigan rus maktabiga borsa, u rus tilini bilishi shart”, – deya xulosa qilgan Muzayev.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya