Maqola

146 23/07/2024

Yaqin kelajakda mehnat muhojirlari yangi cheklovlarga duch kelishi mumkin, jumladan, oilalarini Rossiyaga olib kelishlari taqiqlanishi mumkin. Bu masala bo’yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda, deb yozadi «Федерал Пресс» nashri.

“Ishlash maqsadida kirgan har bir kishiga QR-kod beriladi, u orqali muhojirning barcha harakatlari, hattoki, qancha pul o‘tkazganigacha kuzatish mumkin bo’ladi”, — deydi Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Kirill Kabanov.

Xavfsizlik Kengashi komissiyasi muhojirlarning nazorat ostida bo’lish rejimini ma’qullagan. Kabanovning qayd etishicha, yangi taklifni texnik choralar tufayli tatbiq etish mumkin. Kabanov, shuningdek, migrantlar oilalarini keltirmaslikni qonunchilikni o’zgartirmay hal qilish mumkin, degan fikrni bildirgan.

Kabanovning fikricha, ish beruvchilar mehnat shartnomalariga muhojirlar oilasiz kelib ishlashini belgilovchi bandni kiritishlari kerak. Agar shunday band shartnomaga kiritilib, keyin buzilsa muhojir ishdan bo’shashi va maoshdan mahrum bo’lishi mumkin, deb yozadi “Парламентская газета” nashri.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya