Maqola

239 24/07/2024

Moskva viloyatida xorijiy fuqarolarni ro’yxatga olish va ishga joylashtirish o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan hududlar mavjud. Taqiqlangan hududlar oddiy shaharlar yoki qishloqlardek ko’rinishga ega.

U yerlarda qandaydir blokpostlar, panjaralar, to’siqlar, nazorat punktlari mavjud emas. U yerlarga ham avtobuslar qatnaydi, mashinalar cheksiz harakatlanadi, lekin deyarli doim politsiya xodimlari tekshiruvlar o’tkazib turadi. Bu joylarda chet el fuqarosi ko’rinish berguncha hammasi oddiy ko’rinishga ega.

Xorij fuqarolari uchun reglamentlashtirilgan joylar ro’yxati 1992-yilda qabul qilinib, hozirgacha amal qilayotgan 470-sonli Rossiya hukumati qarorida ko’rsatilgan.

Moskva oblastida migrantlar maxsus tartibda ruxsat olib yurishi mumkin bo’lgan 6ta hudud bor. Ular rasmda ko’rishingiz mumkin.

1. Mitishi shahrida janubdan Moskva halqa yo’li va sovxoz Nagornoye – Borodino – Volkovo – Perlovka liniyasigacha

2. Odinsovo shahrida Uspenskoye – Javoronki – Odinsovo – Barvixa liniyasigacha

3. Solnechnogorsk shahrida janubi-g’arbiy tomondan Pyatnitskoe avtomobil yo’li va Korostovo – Podolino – Brexovo liniyasigacha

4. Podolskda shaharning gʻarbidan Simferopol avtomagistrali va Altuxovo – Romantsevo – Meshcherskoye – Stolbovaya liniyasi boʻylab

5. Shyelkovo shahrida janubi-sharqdan Dolgoye – Ledovo – Oboldino – Shitnikovo liniyasiga qadar.

6. Taqiqlangan eng katta hudud Balashixada: shaharning g’arbidan Nikolskoye – Trubetskoye – Balashixa – Kuchino – Tomilino liniyasidan boshlab, Jeleznodorojniy mikrorayoninig oxirigacha.

Taqiqlangan joylarda chet el fuqarosini ishga qabul qilish, ro’yxatdan o’tkazishdan avval tegishli hududdagi Federal xavfsizlik xizmati bo’limidan ruxsat olinadi.

Shuning uchun migrantlar bu yerlarda maxsus ruxsatsiz yurmasliklari kerak. Aks holda, taqiqlangan joyda yurganlik uchun qo’yilgan deportatsiyani yechish juda qiyin bo’ladi. Chunki bunday deportatsiyani bekor qilish uchun migrantning qayerlarda yurgani, xaritadagi traektoriyasini isbotlash kabi murakkab dalillar talab qilinadi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya