Maqola

343 25/07/2024

24-iyul kuni o‘zbekistonlik kuryer Muhammadjon Obidov odatdagidek poytaxtning janubi-sharqidagi Vixino-Julebino hududidagi Yandeks do‘konlaridan buyurtmalarni yetkazib berayotgan edi. Unga Farg‘ona o‘tish yo‘lida bo‘lgan odam shubhali bo‘lib ko‘rindi. Mast erkak bolali ayolga tegajog‘lik qilayotganini ko‘rgan ko‘rgan kurer yordamga shoshildi. Haligi erkak ayolning qo‘lidagi bolani tortib olib qocha boshladi. O‘zbekistonlik yigit uning ortidan quvib yetib olganidan so‘ng u bolani tashlab qochdi.

“Men uni voqea sodir bo‘lishidan oldin ko‘rgandim. U “Lavka” buyurtma qabul qilish punkti yonida turgandi. Buyurtmani olib, yetkazib berish uchun ketdim. Yo‘lda men bu odamning bir ayolga teginayotganini ko‘rdim. U bolani ushlab qochdi, men uni qaytarib olish uchun uning orqasidan yugurdim. U chaqaloqni qayerga olib ketmoqchi bo‘lganligi noma’lum. Keyin u bolani yerga qattiq tashladi va “Kechirasiz, boshqa bunaqa qilmayman”, dedi. Men bu odamga yetib oldim va chaqaloq uchun uni bir necha marta urdim, uni ushlab turmoqchi edim, lekin u qutulib, qochib ketdi. Men chaqaloqning onasiga yugurdim. Katta qizi ham o‘sha yerda edi, oldimga kelib, rahmat dedi. Buyurtmalarni tarqatish uchun ishimga ketdim, – deydi Muhammadjon.

Yigit Rossiyaga ko‘chib kelganiga ikkinchi yil bo‘lgan.

Yarim soatdan keyin buyurtma yetkazib berish punktiga yetib kelgan kurer polisiya o‘g‘rini ushlab turganini ko‘rdi. U muqaddam firibgarlikda ayblanib sudlangan 27 yoshli Aleksey Kirichenko bo‘lib chiqdi. Bola o‘g‘irlab ketish vaqtida u mast bo‘lgan.

“Gumondor hibsga olingan. U 1997-yilda tug‘ilgan erkak bo‘lib chiqdi. Yaqin kunlarda unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi tanlanadi”, — deyiladi politsiya xabarida.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 126-moddasining (o‘g‘irlash) 2-qismi “v”, “d” bandlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bola kasalxonaga yotqizilgan: shifokorlar chaqaloqqa yopiq bosh jarohati, ko‘krak qafasining siqilishi, ko‘plab lat yeyish va ko‘karishlar tashxisini qo‘yishdi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya