Maqola

168 26/07/2024

Rossiyada statsionar kompyuterlarda YouTube-ni yuklab olish tezligi shu hafta oxirigacha odatdagidan 40% gacha, keyingi haftaning oxiriga kelib esa 70% gacha tushishi mumkin. Bu haqda Davlat dumasining axborot siyosati qo‘mitasi rahbari Aleksandr Xinshteyn ma’lum qilgan.

Xinshteynning so‘zlariga ko‘ra, sekinlashuv YouTube’ning faqat ish stoli versiyalariga ta’sir qiladi, mobil versiyalari esa hozircha o‘zgartirilmaydi. Deputat buning sabablarini YouTube’ning Rossiyaga qarshi siyosati va Rossiya qonunchiligining buzilishi bilan bog‘laydi.

Ayni paytda Rostelekom YouTubega video yuklash sifati bilan bog’liq muammolarni ilgari ham qayd etgan va bu nafaqat rasmiylarning harakatlari, balki platformaning texnik muammolari bilan ham bog’liqligini bildirgan edi.

Rossiyadagi YouTube kelajagi platforma ma’muriyati o’z siyosatini o’zgartirishi va Rossiya qonunlariga rioya qilishni boshlashiga bog’liq. Rutube va VK Video kabi muqobil video xizmatlari YouTube uchun raqobatga aylanishiga umid qilinmoqda.

Rostelekom avvalroq YouTube’da texnik nosozliklar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida ogohlantirgan bolsa-da, telekommunikatsiya sohasidagi manbalar Roskomnadzor platformani sekinlashtira boshlagani haqida xabar bergan edi.

YouTube sekinlashishi haqida hech qanday rasmiy e’lon qilinmagan. 24 iyul kuni Rostelekom hostingda video yuklash sifati yomonlashganini qayd etdi. Kremlning aytishicha, Rossiya rasmiylari ushbu xizmatdan foydalanishni cheklashni rejalashtirmagan. Shu bilan birga, Gazeta.ru ma’lumotlariga ko’ra, Rossiyada YouTube sentyabr oyida “doimiy ravishda bloklanishi rejalashtirilgan”.

Rossiyada YouTubeni blokirovka qilish ehtimoli Rossiyaning Ukrainaga keng ko’lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri faol muhokama qilinmoqda. Rossiya rasmiylari xizmatni mamlakat qonunlariga rioya qilmaslik va Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari, targ‘ibotchilar va urush tarafdorlari kontentini o‘chirib tashlashda ayblamoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya