Maqola

204 26/07/2024

Moskva oblastida uch nafar bezori taksi haydovchisi bo‘lib ishlayotgan ikki muhojirni o‘g‘irlab, qiynoqqa solgan.

21-iyul kuni kechqurun jinoyatchilar Odintsovo shahridagi “Rojnovka” fermer xo‘jaligi yaqinida ikki haydovchiga hujum qilgan. Ularni kaltaklab, pichoq bilan qo‘rqitib majburan mashinaga o’tkazishgan. Bezorilar muhojirlarni tashlandiq binoga olib borib, pul talab qilgan va kaltaklashda davom etgan.

“Kaltaklab, hech qanday natijaga erisha olmagach, taksi haydovchilarining qo’llarini bog’lab, kameraga noan’anaviy jinsiy orientatsiya tarafdorlari ekanini aytishga majburlashgan “, deydi OAV manbasi.

Keyinroq bosqinchilar bu videoni o’chirib tashlash uchun yana pul talab qilishgan. Bu safar haydovchilar pulning bir qismini bosqinchilarning kartasiga o’tkazib berishgan. Shundan so’ng, bosqinchilar jabrlangan muhojirlarni yana mashinaga o’tkazib, Tagankovo qishlog’iga olib borib tashlab kelishgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatchilardan birini qo‘lga olgan. Aniqlanishicha, bezorilar ham ishsiz migrantlar ekan. Qilingan hujum yuzasidan jinoiy ish ochilgani aytilmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya