Maqola

221 29/07/2024

Bugun Volgograd oblastida poyezdning KAMAZ yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida yo‘lovchi poyezdining yetti vagoni relsdan chiqib ketgan. Hodisaga yuk mashinasi haydovchisining Kotelnikovo qishlog‘i yaqinidagi temir yo‘ldan o‘tib ketmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan. KAMAZ haydovchisi, 43 yoshli Aslambek Usmatov miyasi qattiq chayqalgani bois, nima uchun yo‘lga chiqib ketganini tushuntirib bera olmadi.

Xabarlarga ko‘ra, KAMAZ mashinisti va poyezd mashinistining ahvoli og‘ir. Hammasi bo‘lib 140 ga yaqin odam jarohatlangan, ularga joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi. 20 kishi kasalxonaga yotqizilgan, jumladan, vagonlardan birida qolib ketgan ayol kasalxonaga yetkazilgan.

Transport prokuraturasining xabar berishicha, YTHga aybdor, signal ishlayotgan vaqtda yo‘l harakati qoidalarini buzgan va chorraha tomon haydagan samosval haydovchisi. Erkak poyezd oldidan o‘tib ketishga ulguraman, deb o‘ylagan. Haydovchi tekshirilganda unda alkogol izlari topilmagan. Halok bo‘lganlar yo‘q.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya