Maqola

204 29/07/2024

“РБК” nashrining xabar berishicha, Markaziy Osiyo banklarida Rossiyadan kelgan bizneslarga to’lovlarni amalga oshirishda rad javobini berish holatlari ko’paygan. To’lovlar bilan bog’liq muammolar borasida Rossiya biznesi Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston mamlakatlaridan shikoyat qilgan. Aytilishicha, rus biznesi iyun oyida bank operatsiyalari muddati 15 foizga oshganini, rad etish holatlari esa 30 foizga yetganidan arz qilgan.

Manbalarning xabar berishicha, Markaziy Osiyo banklari rus biznesidan qo’shimcha hujjatlar va tushuntirishlarni talab qilmoqda.

Muammolar 2024-yilning ikkinchi choragida keskinlashib, aynan milliy valyutadagi to’lovlar bilan kuzatilmoqda.

Muammolarning mohiyati banklarda moliyaviy operatsiyalarga yondashuv unifikatsiya qilinmagani va moliyaviy tashkilotlar hech qanday tushuntirishlarsiz istalgan qarorni qabul qilishlari mumkinligida bo’lib qolmoqda, deb ta’kidlaydi «РБК» manbasi.

Digital VED asoschisi Anna Fomichevaning ta’kidlashicha, eng ko’p muammo Markaziy Osiyo banklari orqali boshqa davlatlarga, shu jumladan Xitoyga tovarlar uchun to’lovlarni amalga oshirishda yuzaga kelmoqda. Iyun oyida, ayniqsa, Rossiya va Qirg’iziston o’rtasida tovarlar uchun to’lovlar bilan bog’liq vaziyat murakkab bo’lgan, chunki ko’plab qirg’iz banklari texnik nosozlik tufayli to’lovlarni to’xtatgan edi. Ba’zi rus kompaniyalari hatto qirg’iz hamkorlari bilan shartnomalarni to’xtatib qo’ygani aytilmoqda.

Hozirda bank operatsiyalarining katta qismi tiklangan, ammo ularning o’rtacha muddati ikki haftagacha yetishi mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya