Maqola

211 30/07/2024

Muhojirlar orasida patent bo‘yicha avans to‘lovlarini amalga oshirishda uchraydigan asosiy xatolarni keltirib o‘tamiz.

To‘lov muddatiga rioya qilmaslik

Patent uchun oylik to‘lovlarini amalga oshirishda avans to‘lovi patent berilgan sanadan kechiktirilmasligi kerak. Eng yaxshisi patent berilgan kundan bir kun oldin to‘lovni o‘tkazishdir. Lekin patent uchun qancha erta to‘lansa, shuncha yaxshiligini esda tutish kerak.

Misol keltiramiz: migrant 19-iyulda patent oldi, demak u har oyning 18-kunigacha to‘lovlarni amalga oshirishi kerak.

Noto‘g‘ri OKTMO kodini kiritish

OKTMO – bu umumrossiya hududlar klassifikatori sanaladi. Ya’ni har bir mintaqaning o‘z OKTMO kodi bor. Ushbu kod bo‘yicha soliq xizmati soliqlarni muhojir ishlayotgan hududga o‘tkazib beradi.

Agar o‘tgan yilda Ichki ishlar vazirligi to‘lovdagi OKTMOga alohida e’tibor qaratmagan bo‘lsa, bu yilda nazorat kuchaytirildi. Avans to‘lovini amalga oshirishda OKTMOni noto‘g’ri ko‘rsatganlik uchun patentlarning bekor qilinish holatlari kuzatilmoqda. OKTMOni albatta kiritish kerak va kiritganda ham to‘g’ri kiritish kerak.

Noto‘g‘ri rekvizitlar

To‘lovni amalga oshirishda soliq inspeksiyasining rekvizitlari to‘g‘ri to‘ldirilishi kerak. Patent to‘lovlari uchun rekvizitlar butun Rossiya bo‘ylab bir xil. Yagona farq – OKTMOda. 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab patentlar ushbu rekvizitlar bo‘yicha to‘lanishi kerak:

Наименование банка получателя средств: ОТДЕЛЕНИЕ ТУЛА БАНКА РОССИИ/УФК по Тульской области, г Тула
ИНН: 7727406020
КПП: 770801001
БИК: 017003983
№ счета банка получателя: 40102810445370000059
Получатель: Казначейство России (ФНС России)- Номер казначейского счета: 03100643000000018500
КБК: 18210102040011000110
OKTMO – xorijlikning patenti qaysi mintaqada berilgan bo’lsa o’sha yerning kodi kiritiladi

INN bilan bog’liq xato

INN xatosi ikki xil bo‘lishi mumkin – yoki INN raqamini kiritishda biror raqamda adashish, yoki bu INN raqamini umuman kiritmaslik. Har ikkala holatda ham bu xato bo‘ladi.

Ba’zida INN raqami bazadan chiqmasligi mumkin. Buning ehtimoliy sabablaridan biri – migrantning pasporti almashgani bo’ladi.

Agar INN raqamini olgandan keyin pasportingiz almashgan bo’lsa, unda Soliq xizmatiga borib, yangi pasportingizni soliq tizimiga kiritib qo’yishlarini so’rashingiz kerak.

Unutmang! Patent juda muhim hujjat. Uni o‘z vaqtida to‘lab borish shart.

Patenti kuymagan muhojirlarga qo’yilgan Rossiyaga kirishga taqiq (запрет) yoki ma’muriy chiqarib yuborish(выдворение)ni bekor qilish sezilarli darajada oson bo‘ladi. Agar patentingiz kuymagan bo‘lsa va “запрет” yoki “выдворение”ga duch kelgan bo‘lsangiz huquqshunoslarning professional yordamidan foydalaning.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya