Maqola

261 30/07/2024

To‘rt nafar o‘zbekistonlikning Saratov chegarasida “qovun tushirishi” bilan Rossiyada qovunlar mavsumi boshlandi.

Bojxona tekshiruvidan o‘tayotgan yuk avtomobillarining biridan to‘rt nafar azamat topildi. Hujjatlarga ko‘ra, mashinada faqat qovunlar bo‘lishi kerak edi. Ular qovun ortilgan qutilar orqasiga berkinib olishgan ekan. Chegarachilar buni Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy ravishda kirishga urinish deb baholashgan.

Qizig‘i, ular tabiiy hojatlarini besh litrlik baklashka va tog‘oraga chiqarib kelishgan.

Haydovchi va qoidabuzarlarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Aybdorlar besh yilgacha bo‘lgan muddatga qamalishi mumkin.

Migrantlarning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda Rossiyada ish haqlari biroz oshgan bo‘lsa-da, boshqa xizmat va oziq-ovqat narxi ko‘tarilib ketgan. Rossiyadan kelayotganlar u yerga borayotganlardan ko‘p, deyishmoqda bilganlar. Biroq o‘z hayotini xavfga qo‘yib, mashaqqat bilan Rossiyaga borishning nima keragi bor ekan-a?!

Buning ustiga yana bechora muhojirga nisbatan jinoiy ish ham ochilsa…

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya