Maqola

247 30/07/2024

Suv bo‘yida dam olib, inson haqiqatan yaxshi hordiq chiqarishi mumkin. Ammo mahalliy tabiat bilan yaxshi tanish bo‘lmagan migrantlar uchun suv bo‘yida dam olish yomon yakun topishi mumkin. Bu yilgi cho‘milish mavsumida suv bo‘yida dam olish qoidalariga rioya qilmagani uchun kamida ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

Nijnekamskda (Tatariston) shahar plyajida o‘zbekistonlik fuqaro mast holatda cho‘milaman deb cho‘kib ketgan. E’tiborlisi, bu sohil 7-iyuldan boshlab Rospotrebnadzor” qaroriga ko‘ra, cho‘milish uchun xavfli deb topilib yopilgan edi. Ammo o‘zbekistonliklarni cho‘milishga qo‘yilgan taqiq belgisi ham, mastlik ham to‘xtatmagan.

Leningrad oblastidagi Volxov daryosi bo‘yida selfi qilaman deb 55 yoshli O‘zbekiston fuqarosi suvga g‘arq bo‘lgan. Huquq-tartibot xodimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 55 yoshli o‘zbekistonlik erkak ham mast bo‘lgan.

Ushbu voqealar cho‘milish mavsumida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi. Qoidalar esa juda oddiy:

  • 1. Spirtli ichimliklar ichmang. Mast odamning reaksiyasi va xavfni anglash darajasi past bo‘ladi. Bu esa fojiaga olib keladi.
  • 2. Suv bo‘yida dam olishga yolg‘iz bormang. Biror kor-hol bo‘lsa sizga yordam berishi yoki yordam chaqirishi mumkin bo‘lgan sherigingiz bo‘lishi kerak.
  • 3. Belgilar va ko‘rsatmalarga amal qiling. Agar cho‘milish taqiqlangani haqida belgi turgan bo‘lsa, demak bu bekorga emas – rioya qilish kerak.
  • 4. Cho‘milishga moslashmagan, noma’lum joylarga bormang.
  • 5. Dam olishga borganda avval atrofni o‘rganing. O‘sha yerdagi boshqa dam oluvchilardan, mahalliy aholidan yoki internetda ma’lumot olib, xavfsiz dam olish muhim.
  • 6. Agar suzishni yaxshi bilmasangiz yoki cho‘milishga tanlangan joy haqida yaxshi ma’lumotga ega bo‘lmasangiz qutqaruv jiletlaridan foydalaning.

Bu oddiy qoidalarga rioya qilish hayotni saqlab qolishi va hordiqni xavfsiz o‘tkazishga asos bo‘ladi. O‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya