Maqola

196 08/07/2024

Krasnodarda bolalar maydonchasida ota-onalar va muhojirlar ishtirokida janjal kelib chiqdi. Politsiya tekshiruv o‘tkazmoqda, deb xabar bergan Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi boshqarmasi.

Politsiyaga Krasnodarning Lavochkin ko‘chasidagi bolalar maydonchasidagi janjal haqida bir nechta qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan. Mahalliy telegram kanallarning xabar berishicha, muhojirlarning farzandlari bolalar maydonchasida o‘ynashayotgan mahalliy bolalar bilan nimanidir bo‘lisha olishmagan.

Natijada bolalarning xarxashasiga ota-onalar aralashib, bolalar maydonchasida kim o‘ynashi kerakligi haqidagi bahs ommaviy mushtlashuvga aylanib ketgan.

🔸 Ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha tezkor ishchi guruh yetib bordi, biroq u yerda hech kimni uchratishning imkoni bo‘lmadi. Tan jarohatlari yetkazilgani haqida hech kim ariza bilan murojaat qilgani yo‘q. Shuningdek, tibbiy muassasalarga ham tan jarohati bilan hech kim yotqizilmagan, deya aniqlik kiritgan politsiya boshqarmasi.

Borgan sari Rossiyadagi migrantofobiya va nafrat bolalarga ta’sir qilayotganini inkor qilib bo‘lmayapti. Muhojirlarning bolalariga yetkazilayotgan jarohat va zo‘ravonliklarning soni kundan kunga ortib bormoqda.

Bu esa o‘z navbatida migrantlarga bo‘lgan nafrat darajasi oshayotganini va vaziyat qaltislashayotganiga ishora. Muammo eng yuqori kabinetlarning aralashuvisiz nazoratdan chiqib ketayotgani tobora oydinlashib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Samarada noma’lum o‘smir muhojirlarning farzandlariga qasddan gaz ballonini sepib, jarohat yetkazgan edi. Ko‘zni achituvchi ballonni sepishdan avval o‘smir ekstremistlarning shiorlarini aytgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya