171 30/07/2024

Migrantlar uchun tanqidiy fikrlash juda muhimdir. Chunki aynan tanqidiy fikrlash muhojirlar haqida tarqatilgan salbiy yangiliklar va noto’g’ri ma’lumotlar ta’siridan himoya qiladi.

Masalan, kuni-kecha Volgograd oblastida 900 kishidan ortiq yo’lovchilar bilan ketayotgan poyezdning yettita vagoni relsdan chiqib ketishi natijasida yuzga yaqin kishi jarohatlandi, 30 dan ortiq jarohatlanganlar o’rta va og’ir holatda shifoxonaga yetkazilgan.

Voqeaning aybdori poyezd yaqinlashguncha temir yo’ldan tez o’tib ketmoqchi bo’lgan yuk mashinasi bo’lgan. Yuk mashinasining haydovchisi tirik qolgan va u 43 yoshli Aslambek Usmatov bo’lgan. Ayrim migrantofob nashrlar bir pasda Aslambek Usmatovni migrant deb, noxush holatni muhojirlar bilan bog’lamoqchi bo’lgan.

Aslidachi? Aslida esa 105 kishining jarohat olishi, poyezdning qulashi va 30 ga yaqin odamning shifoxonaga yetkazilishiga sababchi bo’lgan Aslambek Rossiya fuqarosi va yakka tartibdagi tadbirkor bo’lib chiqqan. Biroq bu migrantlarga nafratni kuchaytirishni maqsad qilgan guruhlar uchun muhim emas, chunki ularning maqsadi haqiqat emas.

Agar muhojirlar tanqidiy fikrlamasa va ma’lumotni tekshirib, o’z xulosasini chiqarishga erinsa bunday negativ xabarlarning ta’siriga tushib qolishi juda oson. Tushkunlik esa salomatlikka, ruhiy muvozanatdan chiqishga va eng yomoni nosog’lom fe’l-atvor hamda munosabatlarga sabab bo’ladi.

Tanqidiy fikrlash orqali migrantlar faktlarni haqiqatdan ajratib, tushkunlikka tushishdan saqlanish mumkin. Tanqidiy fikrlashni bilgan muhojirlar axborotni tahlil qilish, ishonchli manbalarni aniqlash va o’z xulosalarini mustaqil chiqarish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Bu nafaqat muhojirlarning ruhiy salomatligini muvozanatda ushlab turadi, balki jamiyatda o’z o’rnini topishda ham yordam beradi.

👤 Zarnigor Omonillaeva, huquqshunos, bloger

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya