193 31/07/2024

Buyuk Britaniyaning Sautport shahrida raqs darsida qatnashayotgan bolalar o’ldirildi. Natijada ommaviy tartibsizliklar boshlandi. Voqea bo’yicha qisqacha ma’lumotlarni keltiramiz.

29-iyul kuni raqs studiyasiga 17 yoshli o’smir pichoq bilan hujum qilib, uch qizaloqni o’ldirgan va yana sakkiz bolani yaralagan. Gumonlanuvchi hibsga olingan. Voqeadan bir kun o’tib norozi aholi ommaviy tartibsizliklar uyushtirdi. Ayni vaqtda Britaniya tartibsizlik va namoyish qurshovida.

“The Guardian” gazetasining yozishicha, namoyishchilar mashinalarga o’t qo’yishmoqda, politsiyachilarga g’isht va shishalar otishmoqda, qolaversa masjidlarga hujum qilishmoqda. Tartibsizliklar natijasida 39 politsiyachi va uchta xizmat iti jarohat olgani ma’lum.

Nashrning ta’kidlashicha, qizlar o’ldirilganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda hujumchining ismi har xil berilgan. Politsiya gumonlanuvchi haqida e’lon qilgan yagona ma’lumot – “Lankashirdagi Benks qishlog’idan kelgan Kardiffda tug’ilgan 17 yoshli o’smir” deyilgan xabar bo’lgan.

Buyuk Britaniya Musulmonlar kengashi Masjidlarga o’ng isyonchilarning vahshiyona hujumlarini qoralab, ularning xatti-harakatlarini tarmoqdagi mish-mishlardan boshlangan islamofob reaksiya deb atagan. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer tartibsizlik ishtirokchilari “qonunning butun kuchini his qilishlarini” va’da qildi.

Seshanba kuni kechqurun BBC News xabar berishicha, 17 yoshli gumonlanuvchining ota-onasi ruandalik va uning o‘zi Kardiffda tug’ilgan. Ular 2013-yilda Sautport hududiga ko’chib o’tgan. Gumonlanuvchi 18 yoshga to‘lmagani uchun uning shaxsini qonuniy ravishda aniqlash mumkin emas.

Politsiya uning Buyuk Britaniyada tug‘ilganidan boshqa hech qanday ma’lumot bermadi. Sun gazetasining xabar berishicha, u 2006-yilda xristian ota-onasi Ruandadan ko’chib kelganidan keyin Kardiffda tug’ilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya