Maqola

262 01/08/2024

Konyada politsiya tomonidan xorijlik ayollarni pul evaziga fohishalikka majburlaganlikda gumon qilinganlarga qarshi “Piyon” nomli amaliyot o‘tkazildi.  Unda qo’lga tushgan 8 kishidan 5 nafari hibsga olinib, 3 nafari sud-tibbiy ekspertiza qarori bilan ozod qilingan.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon fuqarolari bo‘lgan 24 nafar ayol ko‘rsatma berilganidan keyin deportatsiya qilindi. Aniqlanishicha, gumonlanuvchilar ayollarni suratga olib, kataloglar tuzgan, ularni internet sahifalariga joylagan, kuniga 5-6 ming dollar evaziga mijozlar topib, tanlangan ayollarni taksida uchrashuv joyiga jo‘natgan.

Koniya shahar IIB Jamoat xavfsizligi boshqarmasi axloq bo‘limi xodimlari chet ellik ayollarni pul evaziga fohishalikka majburlagan tarmoqni aniqladi. Tekshiruvni boshlagan politsiya, taxminan 3 oy davom etgan texnik va jismoniy kuzatuvdan so’ng “Piyon” deb nomlangan operatsiyani amalga oshirdi. Tadbir davomida avval ko‘rsatilgan 34 ta manzil bo‘yicha bir vaqtning o‘zida tashkil etilgan. Gumonlanuvchilarning uyida tintuv o‘tkazilganda, 1 dona ov miltig‘i, 50 dona narkotik tabletkalari, 25 ming 660 dollar, 95 ming 205 dollar, 70 ming o‘zbek so‘mi, shuningdek, tilla sirg‘a va bilaguzuk olib qo‘yildi.

Operatsiya doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon fuqarolari bo‘lgan 24 nafar jabrlanuvchi ayollardan ham ko‘rsatmalar olingan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya