Maqola

151 01/08/2024

1-avgust kuni “Сбой.рф” sayti Rossiyaning 16 ta hududidan YouTube ishi yuzasidan 500 dan ortiq shikoyat olganini qayd etdi. Bir kun oldin, 31-iyul kuni shikoyatlar soni bor-yo‘g‘i 64 ta bo‘lgan edi. Eng ko‘p shikoyat Moskva (28%), Sankt-Peterburg (8%) va Krasnodar o‘lkasidan (5%) kelgan.

OAV xabarlariga ko‘ra, foydalanuvchilar videolarni ko‘ra olmasligi yoki juda sekin yuklanayotganidan shikoyat qilmoqda.

12-iyul kuni Rostelekom YouTubeda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklar haqida ogohlantirgandi. Keyinchalik MTS va Beyeline o‘z abonentlarini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida ogohlantira boshladi, bunda Google Global Cache uskunalarining eskirganligini sabab qilib ko‘rsatishgan. Biroq, “Meduza”ning yozishicha, rasmiylar YouTubeni ataylab sekinlashtirmoqda. Davlat Dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn hafta oxirigacha YouTubeda videolarni yuklab olish tezligi 70 foizga pasayishini aytgan, biroq keyinroq o‘z so‘zlaridan qaytgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya