Maqola

157 02/08/2024

Birinchi yarim yillikda migratsiya qonunchiligini buzganligi uchun Rossiyadan taxminan 65 ming kishi chiqarib yuborildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi o‘zining telegram kanalida xabar bergan.

«МВД» ma’lumotlariga ko‘ra, “ОДКБ” doirasida o‘tkazilayotgan “Нелегал-2024” tezkor-profilaktika amaliyoti natijasida 120 ming xorij fuqarosiga Rossiyaga kirish uchun taqiq qo‘yildi. Taqqoslash uchun, 2023 yil davomida RFga 170 ming chet el fuqarosiga kirish taqiqlangan edi.

Vazirlik 2024 yilda sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha ham statistik ma’lumotlarni keltirmoqda. Jinoyat sodir etgan migrantlar soni umumiy olganda 3,7 foizga kamaygan.

Migrantlar tomonidan sodir etilgan og‘ir jinoyatlar soni 11,1 foizga, shu jumladan, talonchilik 30 foizga, bosqinchilik deyarli 10 foizga, jinsiy jinoyatlar 8,5 foizga kamaygan.

“Statistika Rossiya IIVning migrantlar orasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha rejali tekshiruvlar va amaliyotlar o‘tkazishi yaxshi natija berayotganini ko‘rsatmoqda”, – deyiladi xabarda

Eslatib o‘tamiz, “Нелегал – 2024” operatsiyasining ikkinchi bosqichi odatda avgust oyining ikkinchi yarmidan boshlanib, yil oxirigacha davom etadi. Shuning uchun muhojirlarga hujjatsiz yurish aslo tavsiya etilmaydi.

Ayni vaqtda muhojirlarning oldidagi qonuniy yurish bo‘yicha majburiyatlar: patent rasmiylashtirish, migratsion qayddan o‘tish, patent bekor qilinmasligi uchun ikki oy ichida “уведомление” yuborishdir.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya