Maqola

570 04/08/2024

Rossiyada Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyada qatnashish uchun shartnoma imzolash taklifi bilan SMS-xabarlar jo‘natilyapti. Sota xabariga ko‘ra, xabarlarda ishtirok etishga rozi bo‘lganlarga 800 ming rubl to‘lanishi aytilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi shartnoma xizmatiga kirmoqchi bo‘lganlarni ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilishga undamoqda. Bu SMS yolg‘on yoki firibgarlik emas. Rossiya Mudofaa vazirligi kuzgi chaqiruv oldidan ko‘ngilli yollanma askarlar safini kengaytirish uchun targ‘ibot olib borayotganini ko‘rish mumkin.

Shuni yodda tutish kerakki, Markaziy Osiyo mamlakatlarida yollanma askarlik jinoyat deb hisoblanadi. Migrant.uz sayti Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun qamoq jazosiga hukm qilingan O‘zbekiston fuqarolari haqida xabarlar e’lon qilgan edi. Ulardan biri urushga bormoqchi bo‘lgan, ammo fikridan qaytgan, ammo baribir javobgarlikka tortilgan.

Migrantlarga bunday takliflarga e’tibor bermaslik, SMS-xabarlar kelsa ham harbiy shartnomalarga qiziqish bildirmaslik tavsiya etiladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya