Мақола

127 08/07/2024

Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini qabul qilishda qasamyod qilinadi. Konstitutsiyaga rioya qilaman degan mazmunda rus tilida maxsus so‘zlar aytiladi. Qasamyod o‘qib berilmaydi, aynan yoddan aytiladi. Rus tilini bilmaydigan inson uchun qasamyod keltirish juda qiyin.

Rossiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan muhojir va unga ushbu porani taklif qilishda yordamlashgan hamyurti pora bermoqchi bo‘lgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.

Tergovga ma’lumotlariga ko‘ra, muhojir rus tilini yaxshi bilmagani uchun qasamyod qilolmasligini tushunib, hamyurtiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Shundan so‘ng ikki muhojir birgalikda remont ko‘rinishida pora berishni rejalashtirgan.

5-iyul kuni muhojir politsiya bo‘limiga kelib, ish xonalarini 250 ming rubllik remontini qilib berishni taklif qilgan. Shu kuniyoq muhojirlar qo‘lga olingan va “pora berishga urinish” moddasi bilan ularga jinoiy ish ochilgan.

Endi muhojirlarni 2 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.

Bunday holatlarda ikki yillik qamoqqa tushishdan ko‘ra rus tilini o‘rganib, qasamyod qilgan yaxshiroq. Pora berishga urinish jinoiy javobgarlikka asos ekanini eslatib o‘tamiz.

Avvalroq, politsiyachilarning dachalarida ish qilib bergan muhojir qo‘lga olingani haqida yozgan edik.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Навигация