Maqola

173 06/08/2024

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq (НДФЛ) 30 foizga oshirish taklif qilindi. Bu haqda “РИА Новости” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “ЛДПР” partiyasidan bo‘lgan deputatlar soliqlarni oshirish haqidagi qonun loyihasini rasmiy tarzda hukumatga yuborishgan. Loyiha mualliflariga ko‘ra, Rossiyada soliq rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslardan olinadigan barcha daromadlar uchun 30 foiz soliq stavkasi belgilangan, biroq patent asosida ishlaydigan chet elliklarning daromadlaridan soliq 13%da hajmida olinadi.

Shu bilan birga, Rossiyada ishlayotgan migrantlarning aksariyati patent asosida ishlaydi va barcha topgan pullarini uylariga yuboradi. “ЛДПР” deputatlarining fikricha, chet elliklarning daromadlari Rossiya byudjetiga ishlashi kerak. Shuning uchun “НДФЛ”ni oshirish lozim.

Rossiya deputatlari migratsiya siyosati va migrantlar hayotidan shunchalik uzoqki, patent bilan ishlaydigan muhojirlar ikki tomonlaman soliq to‘lashidan xabardor emas. Ya’ni rasmiy ishlaydigan muhojirlar ham patent to‘lovlarini amalga oshiradi, ham ularning ish beruvchisi belgilagan maoshdan muhojir uchun daromad solig‘i – “НДФЛ”ni to‘laydi. Bunday migratsiya va umumiy jamiyat hayotidan uzoq bo‘lgan deputatlardan yaxshi, jamiyat rivojiga hissa qo‘shuvchi takliflarni kutish to‘g‘ri emas.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya