137 06/08/2024

Rossiya IIV Primorsk o‘lkasi boshqarmasi matbuot xizmati qalbaki hujjatlardan foydalanishda gumonlangan 45 nafar muhojirning qo‘lga olinganini xabar qildi. Gap jamoat transporti (avtobuslar, taksi) va yuk mashinalari haydovchilari haqida bormoqda.

Xabar berilishicha, Vladivostokda YHX inspektorlari har kuni tekshiruvlar o‘tkazib, birinchi navbatda haydovchining hujjatlariga e’tibor qaratmoqda va transport vositalaridagi nosozliklarni ko‘zdan kechirmoqda.

  • E’tiborli tomoni, avtobus haydovchilarida bo‘lgan migrantlarda asosan “путевой лист” (yo‘l varaqlari) bilan, yuk mashina haydovchilarida taxograflar bilan, taksichilarda esa patent va mehnat qilishga ruxsat beruvchi hujjatlar bilan muammolar ko‘proq uchramoqda, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

O‘tgan oy davomida qo‘lga olingan va politsiya bo‘limlariga yetkazilgan 45 nafar migrantning yetti nafaridan soxta haydovchilik guvohnomasi, 38 nafaridan qalbaki Rossiyada vaqtinchalik yashash va mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar olib qo‘yilgan.

Hujjatlarni soxtalashtirgan barcha muhojirlar Rossiya qonunchiligida belgilangan javobgarlikka tortiladi, deyiladi rasmiy bayonotda.

Bundan tashqari, 2024-yil boshidan boshlab Vladivostok shahri YHX tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun 5373 nafar migrant javobgarlikka tortilgani ta’kidlangan. Bu bir kunda 29 nafardan muhojir yo‘l harakati qoidalarini buzganini anglatadi (Migrant.uz tahririyati qaydi).

Berilgan xabardan xulosa qilib, endi haydovchilikka oid har bir hujjatga diqqat bilan yondashish kerakligini ta’kidlamoqchimiz. Taxograflar, yo‘l varaqalari va boshqa hujjatlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida to‘ldirishdan tashqari, ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilish ham kerak. Chunki endilikda shu hujjatlar ham sinchkovlik bilan tekshirilib, jinoiy javobgarlikka tortishgacha bormoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya