Maqola

132 08/08/2024

Moskvada kvartiradan 6 million rubl o‘g‘irlashda gumon qilingan farrosh qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

24 yoshli yigit Markaziy Osiyo davlatlaridan biridan bo‘lgan 37 yoshli ayolni Lobachevskiy ko‘chasidagi xonadonini tozalash uchun yollagan. Egalari qo‘shni xonada bo‘lganida, u qulflanmagan seyfdan pul va taqinchoqlarni olib qo‘ygan. Ishini tugatgandan so‘ng, ham pulni, ham o‘g‘irlik mollarini cho‘ntakka urib g‘oyib bo‘lgan.

Erkak o‘g‘irlik sodir bo‘lganini sezib, darhol politsiyani chaqirgan. O‘g‘irlangan tovarlar taxminan 6 million rublga baholangan.

Gumonlanuvchi tezda qo‘lga olinib, o‘g‘irlangan hamma narsa qaytarildi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hibsda saqlanmoqda.

Ko‘p hollarda muhojirlarning birovlar tomonidan yo‘qotib qo‘yilgan katta miqdordagi pul va qimmatbaho buyumlarga xiyonat qilmasdan egasiga topshirgan holatlariga guvoh bo‘lganmiz.

Biroq guruch orasida bo‘lgan kurmakdek, onda-sonda o‘zganing haqidan hazar qilmaydiganlar ham uchrab turadi.

Eslatib o‘tamiz, jinoyat jazosiz qolmaydi. Har qanday jinoyat, o‘g‘irlik qilgan shaxs qonun oldida o‘z jazosini topadi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya