Maqola

183 08/08/2024

Xorijiy fuqaro kartasi nima?

Bu plastik karta. U Moskva va Moskva viloyatida patent olishda beriladi. U xorij fuqarosining Rossiya hududida qonuniy bo’lishi uchun barmoq izlari va boshqa majburiy jarayonlardan o’tganini tasdiqlaydi.

Kartada qanday ma’lumotlar bor?

Kartada migrantning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi, jinsi, surati, fuqaroligi  haqidagi ma’lumotlar va karta egasining imzosi bo’ladi. Bundan tashqari, karta xohishingizga ko’ra jamoat transportida to’lov uchun ishlatilishi ham mumkin.

Kartani olib yurish kerakmi?

Bu kartani har doim patent bilan birga olib yurish kerak. Politsiya xodimlari hujjatlarni tekshirish paytida kartani talab qilishlari mumkin. Chunki aynan shu karta barcha zarur jarayonlardan o’tganingizni tasdiqlaydi, masalan, barmoq izlarini topshirganingizni, tibbiy ko’rikdan o’tganingizni, patent rasmiylashtirganingiz va boshqalarni. Bundan tashqari, karta keyingi safar patent rasmiylashtirish uchun murojaat qilganingizda ham talab qilinishi mumkin.

Kartaning amal qilish muddati bormi?

Xorij fuqarosining kartasi 5 yilgacha amal qiladi. Agar Rossiya Federatsiyasidan vaqtinchalik ketib, shu besh yil ichida qaytib kelsangiz ham kartani ishlataverasiz. Chunki u belgilangan 5 yil mobaynida amal qilaveradi.

Kartani olgandan keyin pasport ma’lumotlari o’zgarsa nima qilish kerak?

Karta egasining hujjatlaridagi ma’lumotlar o’zgarsa yoki karta yo’qolsa, yoki shikastlansa +7(495)777-77-77 telefon raqamiga telefon qilish kerak yoki kig@it.mos.ru elektron pochtasiga yozish kerak. So’ng 7 kalendar kuni ichida “Migratsiya markazi” (Saxarovo)ga (Moskva sh., Voronovskoe sh., Varshavskoe shosse, 64-km, 1 uy, 47 bino) kartani almashtirish uchun murojaat qilish lozim.

Bu karta orqali migrantlar kuzatib boriladimi?

Rasmiy statistikaga ko’ra, Rossiyada taxminan 2 million mehnat migrantlari ishlaydi. Agar barcha migrantlar xorijiy fuqaro kartasini olsa, ularni kuzatish uchun kamida 500 ming xodim talab etiladi. Bu davlat uchun juda qimmatga tushadi. Shuning uchun migrantlarni doimiy kuzatish mish-mishdan boshqa narsa emas.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya