Maqola

141 08/08/2024

Tarmoqlarda tarqatilgan videolarda muhojirni do‘q-po‘pisa va kuch ishlatish bilan qo‘rqitayotgan “drujinachilar”ni va savdogar muhojirning molini o‘g‘irlayotgan aholini ko‘rish mumkin. Uyalmay birovning mulkini talon-taroj qilayotgan aholi bunga “drujinachilar” ruxsat berganini aytadi.

Qizig‘i, politsiya talon-taroj qiluvchilarni indamay kuzatib turgan. Bu haqida “66.ru” mahalliy nashri xabar bermoqda.

Reydni hukumatga yaqin “Rus jamiyati” millatchilari o‘tkazgan. “Drujinachilar”ning bir qismi kamuflyaj va niqobda bo’lgan. “66.ru” ning yozishicha, reyd natijasida jami to‘qqiz savdogar ushlangan.

Biroq, voqea bu bilan yakun topmadi. Savdogarlarning mulki reyd natijasi kuppa-kunduz, politsiya roziligi ostida o‘tgan—ketganlar tomonidan talon-taroj qilingan. Yo‘lovchilar savdo rastalaridan mahsulotlarni uyalmay talay boshlashgan.

“Bizga ruxsat berishdi. Sotuvchi qochib ketganini, armiyaga borgisi kelmayotganini aytishdi”, – deydi birovning mahsulotlarini talayotgan aholi 66.ru muxbiriga.

Talonchilik politsiyachilarning ko‘z o‘ngida, ularning sukut ostidagi roziliklari bilan bo‘lgani esa voqeaga yanada yangicha tus beradi.

Bir politsiya xodimi jurnalistning “bu talonchilik qanchalik qonuniy?” degan savoliga “Ha, bu normal holat” deb javob bergan. Ammo kamera oldida huddi shu politsiyachi hech narsa ko‘rmaganini ma’lum qilgan: “Agar telefoningizni yo‘qotsangiz, bu o‘g‘irlik hisoblanmaydi-ku, to’g’rimi?”, deydi politsiyachi muxbirga.

Yekaterinburg IIBB matbuot xizmati “66.ru”nashriga reyd noqonuniy migratsiya va boshqa qonun buzilishi holatlarini aniqlashga qaratilganini ma’lum qilishgan. Politsiya shuningdek, boshqa huquq-tartibot xodimlari ishtirokida o‘g‘irlik sodir bo’lganini esa rad etgan.

Ural va Yekaterinburg qayerga qarab ketayotgani haqida uzoq o‘ylab o‘tirishga hojat yo‘q. Bu yerlarda xususiy mulk, konstitutsiyaviy qadriyatlar o‘z ahamiyatini va muqaddasligini yo‘qotmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aynan Yekaterinburgda Putin prezidenti apparati vakillari ishtirokida migrantlarga do‘stona munosabatda bo‘lishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilgan edi. Migrant.uz bu haqida yozgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya