Maqola

154 09/08/2024

8-avgust migratsiya qonunlariga boy kun bo‘ldi. Rossiya Prezidenti migrantlarga bevosita taalluqli bo‘lgan uchta qonunga imzo chekdi. Imzolangan qonunlardan biri harbiy ro‘yxatga olishdan bosh tortgan taqdirda Rossiya fuqaroligidan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Vladimir Putin harbiy ro‘yxatga olishdan bosh tortganlik uchun olingan Rossiya fuqaroligidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Agar Rossiya pasportini olgan shaxs harbiy ro‘yxatga turmasa, bu fuqarolikni bekor qilish uchun asos bo‘ladi. Qonun shuningdek, harbiy ro‘yxatga olish jarayoni va Rossiya pasportini olish jarayonini sinxronlashtirishni nazarda tutadi.

Ta’kidlash joizki, qonun imzolangan kundan boshlab kuchga kirdi. Ya’ni, yangi tartib 2024-yil 8-avgustdan amal qilmoqda. Eslatib o’tamiz, bu qonunga asos bo’lgan taklif Rossiya Tergov qo’mitasidan chiqqan edi. Qonunning qabul qilinish tezligi esa 8 kundan kam vaqtni talab qildi. Bu juda tez.

Shu munosabat bilan, harbiy ro‘yxatga olishga e’tiborli bo‘lishni eslatamiz. Rossiya fuqaroligini olgan erkaklar harbiy komissariatga borishni kechiktirmasligi kerak. Aks holda Rossiya fuqaroligidan ayrilishga to‘g‘ri keladi. Chunki ma’lumotlarni sinxronlashtirish xabar almashinuvini avtomatlashtirish degani. Bu idoralararo aloqani ancha tezlashtiradi va natijada fuqarolikdan mahrum qilish jarayonini soddalashtiradi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya