Maqola

132 09/08/2024

Moskva Tergov qo’mitasining xabar berishicha, mahalliy aholi mehmonxonada migratsiya qonunlari buzilayotgani haqida shikoyat qilgach, yotoqxonada tekshiruv o’tkazilgan va 391 nafar muhojir ushlanib, politsiya bo’limiga olib ketilgan.

Tekshiruv ekstremistik uyushma tashkil etish faktlari bo’yicha qo’zg’atilgan jinoiy ish doirasida o’tkazilgani ma’lum qilinmoqda. Biroq yotoqxonadagi yashovchilarning aynan qaysi xatti-harakati eskremistik belgilarga ega bo’lgani haqida xabar berilmagan.

Politsiyaga olib ketilgan muhojirlar Rossiyada qonuniy yurgani, shuningdek boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga aloqadorligi bo’yicha tekshirilmoqda.

Mehmonxona rahbariyati va ma’muriyati ham Tergov qo’mitasiga olib kelingani aniqlangan.

Avvalroq Yekaterinburga ham muhojirlar yashaydigan mehmoxona tekshiruv ostida qolgani va muhojirlar politsiya bo’limiga olib ketilgani haqida xabar berilgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya