Maqola

127 10/08/2024

Rossiyada, migrantlarning ommaviy deportatsiyasi fonida, kuryerlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda. 

2024-yil martida butun mamlakat bo’ylab taxminan 140 ming kuryer yetishmagan va yil oxiriga kelib bu tanqislik 300 minggacha oshishi mumkin, deb yozadi “Kommersant” nashri, “Restomania” kuryerlik xizmatiga tayanib.

Kadrlar yetishmovchiligi tufayli kompaniyalar yetkazib berish hududlarini qisqartirish, shoshilinch buyurtmalarni bekor qilish, uzoq joylarga yetkazib berish uchun qo’shimcha haq to’lash va marketing takliflarini cheklashga majbur bo’lmoqda.

Kadrlar tanqisligi tufayli “e-grocery” sohasida ikki yildan buyon ilk bor pasayish 3,2 foizga tushishi kuzatilgan.

30-iyul kuni, Yaroslavldagi“Пятерочка” va “Перекресток” do’konlarida suv, non va boshqa mahsulotlar yetishmayotgani kuzatilgan edi. “X5 Group”kompaniyasi yetishmovchilikni migrantlarning Rossiyadan deport qilinishi bilan izohlagan.

Shuningdek, yarim yil ichida Rossiyadan deyarli 40 ming migrant chiqarib yuborilgani ma’lum bo’ldi. Bu ma’lumotlarni Federal Sud Pristavlari Xizmati taqdim etdi.

Solishtirish uchun, o’tgan yildavomida 44 ming kishi deportatsiya qilingan edi. Bu yil esa yarim yilning ichida shuncha muhojir deportatsiya qilingan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya