Maqola

147 10/08/2024

9-avgustdan 10-avgustga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh uchta oblastida aksilterror operatsiyasi (KTO) rejimi joriy etildi. Gap Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlari haqida bormoqda. KTO rejimi nima va u qanday cheklovlarni nazarda tutadi?

KTO aksilterror operatsiyasi  – bu Rossiyada terroristik hujumning oldini olish yoki uning oqibatlarini minimallashtirish uchun muayyan hududlarda joriy etilgan maxsus huquqiy rejim.

“Terrorizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi federal qonunga muvofiq, KTO rejimi maxsus choralar va cheklovlarni nazarda tutadi. Ular orasida:

🔸 “Aholining turmush tarzini taʼminlovchi” jamoat tartibi va obyektlarni muhofaza qilishni kuchaytirish;

🔸 KTO rejimi joriy qilingan hududda yashovchi fuqarolarni vaqtincha ko‘chirish;

🔸 Telekommunikatsiya kanallari orqali uzatiladigan telefon suhbatlari va boshqa maʼlumotlarni nazorat qilish va blokirovka qilish imkoniyatini joriy etish;

🔸 Hokimiyat, shuningdek, aloqa xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yishi yoki tarmoqlar va aloqa vositalaridan foydalanishni cheklashi;

🔸 Operatsiya ishtirokchilari tomonidan tashkilotlar va fuqarolarning avtotransport vositalaridan vaqtincha foydalanishi;

🔸 Avtotransport vositalari va piyodalar harakatini cheklash;

🔸 Huquq-tartibot idoralari xodimlari fuqarolar va tashkilotlarga tegishli bo‘lgan turar-joy va noturar joy hamda yer uchastkalariga bemalol kirishlari mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya