Maqola

137 12/08/2024

Rossiya politsiyasi kimnidir qo’lga olsa, uni uzoq muddat shunchaki ushlab tura olmaydi. Ushlab turish mumkin bo’lgan maksimal muddat – besh sutka sanaladi. Lekin bu aynan shuncha ushlab turishlari kerak degani emas. Qancha ushlab turish, ya’ni aniq muddat nega qo’lga olganlari va buni hujjatlarda qanday ko’rsatishga bog’liq. 

Agar jinoiy-protsessual tartibda kimdir jinoyat sodir etishda gumon qilingani uchun ushlangan bo’lsa, ko‘pi bilan 48 soat ushlab turish mumkin.

Istisno hollarda, masalan, agar sud ozodlikni cheklashni asosli deb hisoblasa, ammo gumon qilinuvchini hibsga olish uchun dalillar yetarli bo’lmasa, unda muddat yana 72 soatga uzaytirilishi mumkin.

Sud qarori bilan ushlab turish uchun maksimal muddat – 120 soat yoki besh sutkani tashkil qiladi. Ba’zan agar surishtiruvchi yoki tergovchi hujjatlarni xato bilan rasmiylashtirgan bo’lsa, muddat yanada uzaytirilishi mumkin.

(Asos: JKning 94-moddasi 2-qismi, 108-moddasi 4-qismi 3-bandi)

Shundan so’ng, agar gumonlar tasdiqlanmasa, odamni qo’yib yuborishlari shart yoki ehtiyot chorasi belgilanishi kerak. Masalan, hibsga olish, uy qamoqqa olish. Lekin ehtiyot chorasi faqat sud orqali belgilanadi. (Asos: O’zR JPKning 98-moddasi)

Agar ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda kimdir gumon qilinsa, uni politsiya bo’limiga olib kelishlari kerak. Politsiya bo’limida uch soat ichida huquqbuzarlik rasmiylashtirilishi yoki qo’yib yuborilishi kerak. Huquqbuzarlik to’g’risida bayonnoma voqea joyida rasmiylashtirilsa politsiya bo’limiga borish shart bo‘lmaydi. (Asos: MJtKning 27.3, 27.5-moddalari)

Agar huquqbuzarlik uchun qamoq jazosi belgilangan bo’lsa unda bunday huquqbuzarlikni rasmiylashtirish uchun 48 soat ushlab turilishi mumkin. Bunday bayonnomalarni tuzishda politsiya ushlangan shaxsni sudga olib borishi kerak. Shuning uchun qonunan 48 soatlik muddat berilgan.

Aytaylik, odam kelishilmagan mitingda ishtirok etgani uchun ushlansa, u MJtKning 20.2-moddasi 5-qismiga asosan javobgarlikka tortiladi. Bu modda bo’yicha qamoq jazosi nazarda tutilmagan.

Demak, ushlangan shaxsni politsiya bo’limiga olib kelishgandan keyin uch soat ichida qo’yib yuborishlari kerak. Lekin agar kimdir transport harakatiga xalaqit bergani uchun qo’lga olingan bo’lsa, uni politsiya bo’limida 48 soatgacha ushlab turishlari mumkin. Chunki bunday huquqbuzarlik uchun javobgar sudga olib boriladi. (Asos: MJtKning 20.2-moddasi 5, 6-qismlari)

❗️ Eslab qoling, ushlash muddati doim politsiya bo’limiga keltirilgan vaqtdan hisoblanadi. Qonunda belgilangan muddatdan ortiq ushlab turish mumkin emas. Shuning uchun politsiya bo’limiga qaysi vaqt keltirilganingizni qayd etish muhim.

Buning uchun politsiya bo’limida ushlangan shaxslarni ro’yxatga olish kitobiga familiyangizni kiritishlarini so’rashingiz kerak. Kitobga to’g’ri vaqt belgilanishiga e’tiborli bo’ling. Qolaversa, kimdir ushlansa bu haqida bayonnoma tuzilishi kerak.

Bayonnomada ham bo’limga keltirilgan vaqt ko’rsatilishi kerak. Agar vaqt noto’g’ri bo’lsa, tuzatishlarini so’rang. Agar rad etishsa, bayonnomani tanishish uchun berishganida to’g’ri vaqtni o’zingiz ko’rsatib qo’yishingiz mumkin.

Ushlash tartibi odamning jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgani uchun ushlanganiga bo’g’liq.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya