Maqola

153 13/08/2024

Bugun soat 10:35 da Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Voronejning Voroshilov ko‘chasida qurilayotgan bino yonida Ichida ishchilar bo‘lgan minora kranining ko‘taruvchi platformasi qulagani haqida xabar kelib tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, falokat oqibatida uch nafar ishchi jabrlangan: ulardan ikki nafari halok bo‘lgan, biri og‘ir tan jarohati olgan. Qutqaruv ishlari jabrlanganlar 18-qavat balandligida qolib ketgani sababli murakkablashdi.

Hozirda huquq-tartibot idoralari voqea joyida surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Tergov qo‘mitasining aniqlik kiritishicha, ikki kishi – elektrik va montajchi halok bo‘lgan, yana bir montajshi og‘ir ahvolda.

Departament tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.

Qurilish maydonchasida ikki ishchi halok bo‘lganidan keyin mehnat inspektsiyasi tomonidan ham tekshiruv boshlandi. Qurilish ishlarini pudratchi “Komplekskran” OOO amalga oshirmoqda. Fojiaga minora kranining montaj oboymasining qulashi sabab bo’lgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya