Maqola

131 13/08/2024

11-avgust erta tongida Sankt-Peterburgning 5-Predportoviy o‘tar yo‘lida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Ombor binosida ro‘y bergan yong‘in natijasida ikki O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan.

Yong‘in ikki soat ichida o‘chirilib, jabrlanganlar og‘ir ahvolda Djanelidze nomidagi tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga olib borilgan.

O‘zbekistonliklardan birining jarohatlari juda og‘ir ekani aytilmoqda. Unda uchinchi darajali kuyish qayd etilgan (jami to‘rt darajada kuyish bor, to‘rtinchi daraja eng og‘ir kuyish darajasi). Olov o‘zbekistonlikning boshi, orqasi, qo‘llari va oyoqlarini kuydirgan. Erkak hushsiz holatda reanimatsiyada yotgani xabar berilmoqda.

Ikkinchi jabrlanuvchining Rossiyada yashashga va ishlashga hujjati bo‘lmagan. Uning o‘ng qo‘li va oyoqlari ikkinchi darajali kuygan. Hozirda ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.

Ta’kidlash kerakki, muhojirlarning Rossiya Federatsiyasidagi huquqiy holati va ishlash imkoniyati kun sayin yomonlashmoqda.

Favqulodda vaziyatlarda, agar chet el fuqarosi rasman ishga joylashmagan bo‘lsa, u ish joyida jarohat olgani uchun ijtimoiy yordamdan foydalana olmaydi. Rossiya Federatsiyasida muhojirlarning ijtimoiy huquqlarining kafolatlari muammosi ochiqligicha qolmoqda.

O‘zbekistonliklarga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashda Sankt-Peterburgdagi konsullik va Mehnat migratsiya agentligi vakolatxonasidan yordam kutamiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya