Peterburgda politsiya o‘zbekistonlik migrantni qo‘lga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan o‘zbekistonlik shaharning Krasnogvardeyskiy tumanidagi qurilish maydonida hamyurtlaridan birini jarohatlagan. Bu haqda 5-dekabr kuni Peterburg shahri IIV boshqarmasu xabar berdi.
O‘tgan tunda politsiyaga shifoxonadan 17 yoshli yigitning turli jarohatlar bilan olib kelingani haqida xabar qilingan. Bola Malooxtinskiy prospektidagi 68-uydan shifoxonaga yetkazilgan. 17 yoshli o‘zbekistonlikka jarohat yetkazgani uchun 4- dekabr kuni Krasnogvardeyskiy tumanidagi qurilish maydonida politsiya xodimlari 23 yoshli migrantni qo‘lga olishgan. Ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli muhojir 17 yoshlik hamyurtini Internet orqali bir qiz bilan muloqot qilgani uchun kaltaklagan, deb yozadi «Фонтанка» nashri.
23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi hamyurtini kaltaklab, pichoq bilan bir necha zarba bergani aniqlangangan. Politsiya xodimlari 23 yoshli o‘zbekistonlikka Rossiyada bo‘lish tartibi buzgani uchun bayonnoma tuzgan. Shuningdek, kaltaklash moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 23 yoshli muhojir ayni vaqtda xorij fuqarolarini vaqtincha saqlash markazi (спецприёмник) da ehtiyot chorasi belgilanishini kutmoqda, deyiladi xabarda.